Prezident kasaba uyushmalari aʼzolariga oʻzining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi

11:06 17 Oktyabr 2025 Siyosat
216 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi boshlandi.

Davlat rahbari kasaba uyushmalarining koʻp millionli aʼzolariga oʻzining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.

“Biz bugungi kunda oʻz oldimizga ulkan marralar qoʻyib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidan oldinga qarab dadil qadam tashlayapmiz.

Dunyoda geosiyosiy va iqtisodiy keskinlik avj olib borayotgan hozirgi murakkab davrda yurtimizda tinchlik va xotirjamlikni mustahkamlab, koʻp millatli xalqimiz hayotini yanada yaxshilashga mahkam bel bogʻlaganmiz.

Qanchalik qiyin boʻlmasin, birgalikda qattiq mehnat qilib, turli sinov va mashaqqatlardan munosib tarzda oʻtib bormoqdamiz.

Bu borada mehnatkash va bagʻrikeng xalqimiz, har bir yurtdoshimizning oʻrni, qoʻshayotgan hissasi beqiyos, albatta.

Bugungi davramizda oʻz hayotini inson mehnatini, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdek ezgu ishga bagʻishlagan, sohada uzoq yillar samarali xizmat qilib, hurmat va eʼtibor topgan koʻplab odamlarni koʻrib turibman”, dedi Prezident.

Yurtimizda xalqparvar, ijtimoiy davlat qurish, inson qadrini ulugʻlash barcha islohotlarimizning bosh maqsadiga aylangan hozirgi kunda ularning boy bilim va tajribasi juda muhim.

“Inson mehnati, uning qadr-qimmati qanday bebaho boylik ekanini sizlar hammadan koʻra yaxshi bilasiz”, dedi davlat rahbari kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvda.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari har bir korxona va tashkilotga ishchanlik muhitini, mehnat jamoalariga ragʻbat va adolat ruhini olib kirayotgan kasaba uyushmalari faollariga chin dildan minnatdorchilik bildirdi.

Islohotlarning ilk kunlaridan “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoyani amalga oshirish uchun, avvalo, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ustuvor eʼtibor qaratildi.

Bu yoʻldagi saʼy-harakatlar tufayli sakkiz yilda iqtisodiyotimizga 130 milliard dollar investitsiya kirib keldi, minglab yangi quvvatlar ishga tushirildi, millionlab doimiy ish oʻrni yaratildi.

Xususiy sektorga keng yoʻl ochilib, odamlarga munosib mehnat sharoiti yaratib berilgani uchun jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер