Prezident Shavkat Mirziyoyev “Blackrock” investitsiya kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga amaliy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “Blackrock” investitsiya kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi.
“Blackrock” – Amerikaning aktivlar va fondlarni boshqarish, shuningdek, moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan yirik investitsiya kompaniyasi. Kompaniya aktivlari 11 trillion AQSH dollaridan oshadi.
AQSHning yetakchi kompaniyasi bilan strategik sheriklikni, eng avvalo, energetika, transport va suv infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Qoʻshma fond tashkil etish rejalari qoʻllab-quvvatlandi. Tez fursatda Platforma konsepsiyasi kelishiladi va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring