Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar qasr” sovgʻa qiladi

13:07 12 May 2025 Dunyo
244 0

AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi Qatar qirollik oilasidan “Boeing 747-8” rusumli oʻta hashamatli samolyotni qabul qilib oladi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Aviatsiya ekspertlari xulosasiga koʻra, prezident Trampning foydalanishi uchun qabul qilinadigan ushbu samolyotning taxminiy narxi 400 million AQSh dollariga toʻgʻri keladi. Hozirda Oq uyda prezident foydalanishi uchun maxsus aloqa vositalari, ofis va konferensiya xonalari mavjud boʻlgan ikkita “Boeing 747-200B” rusumli samolyot bor.

Gap shundaki, Tramp ushbu, “uchar qasr” nomi bilan mashhur boʻlgan samolyotni joriy yilning fevral oyida Floridada paytidayoq koʻzdan kechirgan edi. Bu noodatiy kelishuv AQSh prezidenti administratsiyasi uchun qonuniy yoki qonuniymasligi toʻgʻrisidagi savollarni keltirib chiqardi.

“Har qanday xorijiy mamlakatdan qabul qilinadigan sovgʻalar qonuniy ravishda oʻrinlidir”, deya holatga izoh bergan Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt.

Huquqshunoslarning taʼkidlashicha, mazkur sovgʻa hech qanday konstitutsiyaviy taqiqlarga qarshi emas va qonunlarni buzmaydi.

Maʼlumot uchun, Donald Tramp 13-16-may kunlari Yaqin Sharqqa safar uyushtirishi kutilmoqda. Safar doirasida u Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi.

Oq uy rasmiylaridan birining xabar berishicha, “uchar qasr” Tramp Qatarda payti rasmiy ravishda berilmaydi.

Nodira Rahimova,

OʻzJOKU talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер