“Prava” olib berishni vaʼda qilgan avtomaktab rahbari qoʻlga tushdi

11:59 12 Fevral 2026 Jamiyat
366 0

Buxoro viloyatida haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan avtomaktab rahbari ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻijduvon tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, “M.A.” MCHJ avtomaktabi rahbari fuqarolar D.R. va S.R.ning ishonchiga kirib, ularning farzandlariga “V, S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻqiganligi toʻgʻrisida imtihon varaqasi va guvohnoma tayyorlab berishni vaʼda qilgan.

Avtomaktabi rahbari ushbu xizmati evaziga 16 million soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan. Shundan 6 million soʻmining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер