Polshada «O‘zbekiston kuni» bo‘lib o‘tdi
Polshaning Torun shahrida bo‘lib o‘tgan XII Xalqaro Osiyo kongressi doirasida mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi tomonidan Nikolay Kopernik nomidagi universitetda biznes-forum va «O‘zbekiston kuni» tadbiri tashkil etildi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi direktori Eldor Tulyakov, Oliy sud raisi o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Polvonov, O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi elchisi Amirsaid Agzamxodjayev hamda o‘zbek ishbilarmon doiralari vakillari, Polsha tomonidan esa Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi, Polsha investitsiyalar va savdo agentligi, «Polsha — Osiyo» savdo palatasi, Kuyaviya-Pomeraniya voyevodligi marshal idorasi, Torun shahar meri rahbariyati, hududiy savdo-sanoat palatasi hamda «Equnico», «Polpharma», «Torun Direct», «Alsal», «ControlTec», «Trans-Rach» kabi nufuzli kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi direktori E. Tulyakov mamlakatimizda «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, polshalik va yevropalik hamkorlar uchun istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari, investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, hududlararo hamkorlikning rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
Tadbir doirasida Nikolay Kopernik nomidagi Torun universitetida «O‘zbekiston kuni» tashkil etildi. Unda mamlakatimizning milliy va madaniy merosi, savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy salohiyati namoyish etildi. Shuningdek, ko‘rgazmalar, taqdimotlar, muhokamalar va «Ibrat» filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga va sohaviy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi, deb umid qilamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring