Pokistonlik tadbirkor Yangi Namanganda parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaradi

13:03 27 May 2024 Iqtisodiyot
476 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Qudratilla NAJMIDDINOV/«Xalq soʻzi». Namanganning iqtisodiy salohiyati, bu yerda yaratilgan qulay tadbirkorlik muhiti bilan yaqindan tanishgan pokistonlik sarmoyador Muhammad Sarvar Chaudxari viloyatda oʻz biznesini yoʻlga qoʻymoqda. U Yangi Namangan tumanida «Hero Brands» nomi ostida parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi.

– Qiymati 10 million AQSH dollariga teng boʻlgan mazkur loyiha bilan viloyatimizda parfyumeriya sanoatiga asos solinmoqda, – deydi Yangi Namangan tumani hokimining investitsiyalar va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari Mahammadjon Jamoliddinov. – Xorijiy sarmoyador mintaqada gulchilik rivoj topgani va xom ashyo masalasida katta imkoniyatni hisobga olib, bu ishga qoʻl urganini aytdi.

Tumandagi «Yoshlik» kichik sanoat zonasidan xorijiy korxona uchun yer ajratib berildi. Ikki yil ichida nihoyasiga yetkaziladigan loyihaga koʻra, bu yerda 25-30 turda parfyumeriya buyumlari ishlab chiqariladi. Ular roʻyxatida xushboʻyligi yuqori boʻlgan qimmatbaho atirlardan tortib, kundalik gigiyena ashyolarigacha bor. Mahsulotning 80 foizdan koʻprogʻi eksportga chiqariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер