Pokistonda musson yomgʻirlari tufayli 100 dan ortiq odam jarohatlandi

Illyustrativ foto
Pokistonda musson yomgʻirlari sababli kelib chiqqan suv toshqinlarida 72 kishi halok boʻldi. Bu haqda Pokiston Favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasiga tayanib, “Geo News” xabar qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, eng kuchli yogʻingarchilik Xayber-Paxtunxva, Sharqiy Panjob, Sind va Balujiston viloyatlarida kuzatilmoqda. Kuchli suv toshqinlari sababli 72 kishi halok boʻlgan va 130 dan ortiq odam jarohatlangan.
Bundan tashqari, musson yomgʻirlari natijasida 161 ta uyga zarar yetdi, 91 bosh chorva halok boʻldi. Shu davr mobaynida favqulodda vaziyatlarga javob beruvchi xizmatlar tomonidan 19 ta qutqaruv amaliyoti oʻtkazilib, 233 kishi qutqarilgan. Shuningdek, zarar koʻrgan fuqarolarga zaruriy buyumlar tarqatildi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bayonotida yomgʻirlar kuchayishi mumkinligi aytilib, mahalliy hokimiyatlarga doimo yuqori ogohlik holatida boʻlish tavsiya etilgan.
Taʼkidlash joiz, Pokistonda har yili iyuldan sentyabrgacha davom etuvchi musson mavsumida yuzlab odamlar halok boʻlib, katta miqdorda moddiy zarar qayd etiladi.
Avvalroq Fransiyaning koʻplab hududlarida kuchli shamol va momaqaldiroq hamda 120 kilometr/soatgacha tezlikda shamol kuzatilgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring