Poytaxtdagi hujjatlarsiz 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay toʻxtatilib, elektr taʼminotidan uzildi

10:26 28 Iyul 2025 Jamiyat
216 0

Poytaxtning qator tumanlarida toʻliq hujjatlar toʻplamiga ega boʻlmagan 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay toʻxtatildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Unda aytilishicha, toʻliq hujjatlar toʻplamiga ega boʻlmagan 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay toʻxtatilib, elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan.

Jumladan, Olmazor tumanida 5 ta, Chilonzor tumanida 5 ta, Mirobod tumanida 8 ta, Mirzo Ulugʻbek tumanida 7 ta, Sergeli tumanida 3 ta, Uchtepa tumanida 2 ta, Yakkasaroy tumanida 2 ta, Yangihayot tumanida 17 ta, Yashnobod tumanida 3 ta, Yunusobod tumanida 4 ta hamda Bektemir tumanida 3 ta obyektda qurilish ishlarini davom ettirish toʻxtatilgan.

Bundan tashqari, hokimlik uy-joy xarid qilmoqchi boʻlgan fuqarolarni ogohlikka chaqirib, tavsiyalar berdi. Jumladan:

  • sotib olayotgan koʻchmas mulkka oid barcha hujjatlarning asl nusxalarini (kadastr, ekspertiza xulosalari va kengash qarorlari, texnik koʻrik dalolatnomasi) talab qilish va ularni sinchkovlik bilan tekshirish;
  • sotuvchilarga pulni naqd yoki norasmiy yoʻllar bilan bermaslik, shartnomaning barcha bandlarini diqqat bilan oʻrganib chiqish;
  • quruvchi yoki obyektning qonuniyligi xususida ozgina shubha tugʻilsa, shuningdek, kompaniya hujjatlarni taqdim etishni paysalga solsa, Toshkent shahar hokimligining rasmiy botiga murojaat etish tavsiya etildi. Murojaat botida obyektning qonuniy maqomi haqida maʼlumot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер