Pfizer vaksinasining kuchaytiruvchi dozasi taqdim etildi
Pfizer Inc va BioNTech SE tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 vaksinasining kuchaytiruvchi dozasining virusga qarshi samaradorligi 95,6 foizga teng ekanligi isbotlandi.
Vaksinaning ushbu kuchaytiruvchi dozasi COVID-19ʻning “delta” shtammiga qarshi samara bera olishi aytilmoqda. Bu haqda oʻtkazilgan tadqiqot natijalari 21-oktyabr kuni eʼlon qilindi.
Vaksina sinovi davomida 16 va undan katta yoshdagi 10 000 ishtirokchi qatnashgan va yangilangan vaksinaning virusdan himoyalash darajasi ortgani aniqlangan. Barcha ishtirokchilar avvalroq Pfizer vaksinasining ikki dozasi bilan emlangan boʻlib, bu safar ularga uchinchi doza yuborilgan.
Sinov natijalari AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi Moderna Inc (MRNA.O) va Johnson & Johnson (JNJ.N) kompaniyalarining COVID-19 vaksinalarining navbatdagi dozalari tasdiqlaganidan bir kun oʻtib eʼlon qilindi.
— Sinov qatnashchilarida hech qanday salbiy holatlar qayd etilmadi, bu faqat infeksiyadan mustahkam himoyalanishni taʼminladi, — dedi kompaniyaning rasmiy vakili.
Tadqiqot natijalari eʼlon qilingach, Pfizer aksiyalarining qiymati 0,45 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring