Jizzakh Petroleum Amerikaning Honeywell UOP texnologiyasidan foydalanib yangi neftni qayta ishlash zavodini quradi
Jizzakh Petroleum kompaniyasi benzin, dizel va reaktiv yoqilg‘i ishlab chiqarish maqsadida yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlaydigan yangi neftni qayta ishlash zavodini qurish uchun Amerikaning Honeywell korporatsiyasi texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqda kompaniya press-relizida ma’lum qilingan.
Honeywell litsenziyalash va tayanch muhandislik loyihalashtiruvi xizmatlarini taqdim etadi. Qurilish yakunlangach, zavod yiliga Euro V sifatidagi 3,7 million tonna motor yoqilg‘isini, 700 ming tonna aviatsiya yoqilg‘isini va 500 ming tonna suyultirilgan neft gazi va bitum kabi boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Kompaniya xabarida qayd qilinishicha, Honeywell UOP CCR Platforming Unicracking texnologiyasi neft xom ashyosini chuqur tozalashni ta’minlaydi, bu esa atmosferaga chiqariladigan ajratmalarning qat’iy me’yoriga javob beruvchi yoqilg‘ini ishlab chiqarish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring