Pensiya tayinlashda ish haqining maksimal chegarasi oshirilmoqda
Foto: Illustrativ foto
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni 2-bandiga muvofiq, 2023-yilning 1-yanvaridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobarigacha oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
2023-yildan boshlab fuqarolarga pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olinadigan oʻrtacha oylik ish haqini pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 12 baravaridan ortiq boʻlmagan (3 888 000 soʻm) miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqidan hisobga olish.
Maʼlumot uchun: Amaldagi qonunchilikka muvofiq pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlmagan (3 240 000 soʻm) miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqi olinadi.
Natijada 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilinib, oʻrtacha oylik pensiya miqdori 400 ming soʻmgacha oshadi. Xususan,
304 ming nafar yoshga doir pensiyalar;
25,2 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxslar;
23 ming nafar boquvchisini yoʻqotganlar.
Shuni taʼkidlash lozimki, pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi chegarasi 3-marotaba oshirilmoqda. Yaʼni, 1994-yil 1-iyundan kuchga kirgan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining yuqori chegarasi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 7 baravari miqdorida belgilangan, keyinchalik ushbu miqdor 2007-yil 1-oktyabrdan 8 baravarga, 2019-yil 1-yanvardan 10 baravarga koʻtarilgan.
Qonun loyihasiga muvofiq koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda Pensiya jamgʻarmasidan yiliga qoʻshimcha ravishda 1,5 trln. soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring