Pekin — 2022: hamyurtimiz Komiljon Toʻxtayevning ishtiroki erta yakunlandi
Bugun barchaning eʼtibori Xitoy poytaxtida oʻtkazilayotgan Olimpiya oʻyinlariga qaratilgan.
Hamyurtimiz Komiljon Toʻxtayev ikkinchi dasturda slalom bahslarida ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qildi.
Afsuski, Komiljon Toʻxtayevning slalom dasturidagi chiqishi texnik xato sababli hakamlar tomonidan hisobga olinmadi.
Maʼlumki, sportchilar trassa boʻylab harakat davomida har bir darvozani bosib oʻtishlari lozim. Hamyurtimiz marra chizigʻiga yaqin joylashgan darvozadan oʻtishda xatoga yoʻl qoʻydi va buning natijasida diskvalifikatsiya qilindi.
Shu bilan sportchimizning Pekin — 2022 dagi ishtiroki erta yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring