Parlamentlararo ittifoq bilan amalga oshiriladigan rejalar ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Osiyo xotin-qizlari forumi doirasida Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi. Xususan, kelasi yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasining tashkiliy jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.
Assambleyaning parlamentlar o‘rtasida xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, O‘zbekiston parlamenti faoliyati bilan tanishish, 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyani amalga oshirishda parlamentlarning ishtirokini faollashtirish, BRMga erishish yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lishi alohida qayd etildi.
Shuningdek, mamlakatda o‘tkaziladigan Assambleya inson huquqlari, gender tengligi, yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda parlamentlar hamkorligini kuchaytirishga xizmat qilishi taʼkidlab o‘tildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarining barcha yo‘nalishlarini yanada faollashtirishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring