Parlament aʼzolari biznes va investorlar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini muhokama qildi — Fotoreportaj
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Maʼlumki, bugun, 1-iyul kuni Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi oʻz ishini boshlagan edi.
Forum doirasida “Iqtisodiy taraqqiyotni parlament tomonidan qoʻllab-quvvatlash: biznes va investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida panel sessiyasi oʻtkazildi.
Mazkur sessiya davomida ikki mamlakatning iqtisodiy rivoji uchun parlamentlar tomonidan qonunchilik asoslari yaratish, investorlar uchun qulay muhit shakllantirish, kichik biznesni ragʻbatlantirish masalalari muhokama qilindi.
Imtiyozli soliq va kredit siyosati, soddalashtirilgan tartib-taomillar, savdo va investitsiya bitimlarini qonuniy asosda mustahkamlash, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish borasida parlament tashabbuslari taqdim etildi.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyot, mobil startaplar, moliyaviy texnologiyalar, yashil texnologiyalar va ekologik loyihalarga investitsiya jalb etish boʻyicha ham fikrlar bildirildi.
Sessiya yakunida parlamentlar biznes hamjamiyati bilan bevosita muloqotda boʻlishi va iqtisodiy siyosatni qonunchilik orqali qoʻllab-quvvatlashi zarurligi qayd etildi.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring