Parijda kuchli dovul yuz berdi. Halok boʻlganlar bor

25-iyun kuni Fransiyaning koʻplab hududlarida kuchli shamol va momaqaldiroq kuzatildi. Dovullar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Maʼlum boʻlishicha, hududlarda havo harorati bir hafta davomida 30 darajadan yuqori boʻlib turgan, soʻngra kuchli momaqaldiroq va 120 kilometr/soatgacha tezlikda shamol boshlangan. 25-iyun kuni mamlakat milliy meteorologiya xizmati 57 ta departament boʻyicha xavfli ob-havo sharoiti toʻgʻrisida ogohlantirish bergan.
Mamlakat shimoli-gʻarbidagi Mayen shahrida 59 yoshli erkak kvadrovelosiped haydab ketayotib, daraxt yoʻlga qulashi oqibatida halok boʻldi. Janubdagi Tarn-i-Garonna shahrida 12 yoshli bola daraxt qulagandan soʻng daryoga tushib ketib, vafot etdi. Shuningdek, yana 17 kishi jarohatlangan.
Bundan tashqari, noqulay ob-havo tufayli mamlakatda 100 000 dan ortiq uy elektr taʼminotisiz qoldi. Poyezdlar qatnovi toʻxtatildi va bir qancha metro bekatlari yopildi.
Xabarlarga koʻra, Parijda mahalliy vaqt bilan kechki soat 10 larda dovul toʻliq tingan va poytaxtdan Fransiyaning markaziy hududlari tomon siljigan.
Avvalroq 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻlgani va issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz bergani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring