Pandemiya tufayli kredit bilan bog‘liq nizolar soni ortgan
Foto: “Xalq so‘zi”
Andijon viloyatida sudlar faoliyati tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq nizolar joriy yilning shu davriga qadar o‘tgan yillarga nisbatan 6 ming 315 taga ortgan. Ko‘rib chiqilgan 6 ming 265 ta ishlar natijasida 228 mlrd. 666 mln. 450 ming so‘mdan ziyod kredit qarzdorligi, 11 mlrd. 302 mln. 421 ming 328 so‘mlik davlat boji undirilgan.
-Ushbu yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlarning keskin ortishiga respublikamizda hukm surgan pandemiya davridagi karantin holati ham sabab bo‘ldi, - deydi Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼatining raisi Shoyadbek Mirzayev.-Bu davrda isteʼmolchilardan kredit mablag‘lari undirilishi vaqtincha to‘xtatilgan. Biroq bu qarzdorlikni so‘ndirishga sabab bo‘lolmaydi.
Bugungi kunga kelib sud idoralari fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotgan tuzilmalardan biriga aylanmoqda. Ishlarning deyarli teng yarmi sayyor sud shaklida bevosita xalq orasida ko‘rib chiqilayotgani bunda muhim o‘rin tutmoqda. Qolaversa, manzillarda huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlari izchil yo‘lga qo‘yilmoqdaki, bu aholi o‘rtasidagi qonunbuzilish holatlarining oldi olishga xizmat qiladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring