Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

10:10 02 Iyul 2025 Jamiyat
133 0

Andijon viloyati Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Endilikda Sattarov Davronbek Xasanboyevich tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritadi.

Davronbek Sattarov 1984-yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tugʻilgan. U 2005-yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini kunduzgi taʼlim shaklida tamomlagan. Shuningdek, 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat boshqaruv akademiyasining kunduzgi boʻlimini bitirgan.

Ushbu tayinlovga qadar, Davronbek Sattarov Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Endilikda u Paxtaobod tumani hokimi sifatida oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер