“Paxtakor” Superkubokdagi hakamlik ustidan shikoyat kiritdi

13:21 16 Mart 2026 Sport
176 0

Kecha, 15-mart kuni Oʻzbekiston Superkubogi uchun uchrashuv tashkil etildi. “Paxtakor” Superkubokdagi hakamlik ustidan shikoyat kiritdi. Bu haqda klub oʻzining rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.

“OʻzPFL reglamentiga binoan jamoamiz Oʻzbekiston Superkubogidagi hakamlik ustidan shikoyat kiritish huquqidan foydalanganini maʼlum qiladi. Bahsning 51-daqiqasida Ibrohim Ibragimov bergan zarbadan keyin raqib himoyachisi toʻpni qoʻli bilan qaytardi”, deyiladi klub bayonotida.

Maʼlumot uchun, Superkubok oʻyinida bosh hakam sifatida Temur Toʻxtasinov faoliyat olib bordi. Unga VAR tizimida Akobirxoʻja Shukurillayev va Abdurashid Xudoyberdiyev yordam berishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер