Ozodbek Nazarbekov Tosh hovli devorlari buzilishiga munosabat bildirdi
“Tashkent city”dagi Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlar forumi — 2020” doirasida “Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi – 2030” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda. Unda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohada amalga oshirilayotgan va rejadagi ishlar boʻyicha savollarga javob qaytardi.
Shuningdek, u YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan Tosh hovli madaniy merosi obyekti buzilganiga munosabat bildirdi.
– “YUNESKO roʻyxatiga kiradigan ushbu obidaning devorlari buzilishi boʻyicha prokuratura xodimlari tegishli ishlarni olib borishyapti. Tez orada bunga aloqador boʻlgan barcha jinoyatchilarga tegishli choralar koʻriladi. Lekin buning oʻzi yetarli boʻlarmikan? Bizda avvalo madaniy merosga boʻlgan munosabatni oʻzgartirish kerak. Toki jamiyatda tarixiy obidalarni asrab-avaylash muhiti shakllanmas ekan, 50 yildan keyin ham har gal bu holat takrorlanganda «madaniyat vazirligi qayerga qarayapti?» degan savollar aylanaveradi”, dedi Ozodbek Nazarbekov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring