“Oʻzgidromet” shoshilinch axborot eʼlon qildi

15:06 15 Aprel 2022 Jamiyat
672 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra joriy yilning 18-20-aprel kunlari Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, soʻngra Volga boʻyi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.

18-20-aprelda Oʻzbekiston hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, jumladan:

19-aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi;

19-20-aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi;

20-aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi;

19-20-aprelda respublikaning ayrim joylarida doʻl yogʻishi mumkin.

18-20-aprelda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18-aprelda baʼzi joylarda chang toʻzon boʻlishi kuzatiladi.

19-20-aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 daraja gacha pasayadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер