“Oʻzenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 23-avgust kuni “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Hujjatga koʻra, elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (“Oʻzenergoinspeksiya”) Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. U yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:
- energiya samaradorligi boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
- yillik energiya isteʼmoli 500 tonna shartli yoqilgʻidan yuqori boʻlgan barcha sanoat korxonalarida energiya isteʼmolini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;
- sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;
- energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy oʻlchov laboratoriyalari boʻyicha minimal talablarni belgilash.
“Oʻzenergoinspeksiya”ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring