Oʻzbekistonning turizm salohiyati Anqara shahrida keng namoyish qilindi
Turkiya poytaxtida Oʻzbekiston turizm salohiyati hamda “Uzbekistan Airways“ milliy aviakompaniyasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Turkiya madaniyat va turizm vazirligi, Sayohat agentliklari ittifoqi, Anqara shahri gubernatorligi hamda 150 dan ortiq turistik agentliklar vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar diqqatiga “Tabarruk ziyorat” turizmi konsepsiyasi, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Burhoniddin Margʻinoniy kabi yirik ulamolarning islom dunyosidagi oʻrni haqida maʼlumot havola etilib, “Yetti pir” ziyoratgohlarining turizm imkoniyatlari tanishtirildi.
Shu bilan birga, tadbir doirasida “Uzbekistan Airways“ milliy aviakompaniyasining joriy yil 4-noyabr kunidan boshlab Toshkent va Anqara shaharlari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan aviaparvozlari xususida, shuningdek, Turkiyadan mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda qulayliklar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot taqdim qilindi.
Tadbir yakunida mamlakatimizda turkiyalik sayyohlar sonini koʻpaytirish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring