Oʻzbekistonning togʻli hududlariga 13-noyabr kuni qor yogʻadi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 13-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 10-12° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda esa 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 9-14° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 9-14° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 9-14° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 9-14° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi (yomgʻir, qor). Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring