Oʻzbekistonning BAA bilan parlamentlararo hamkorligi rivojlanmoqda
Senatda onlayn shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birlashgan Arab Amirliklari Parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruh aʼzolari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Majlisda ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyot, investitsiyalar, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli izchil rivojlanib bormoqda. Bu esa qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish hamda yangi yoʻnalishlardagi sheriklikni chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Majlis yakunida parlamentlararo guruhning keyingi faoliyati va amaliy hamkorlik rejalari boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring