Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 15-aprel kuni yomgʻir yogʻadi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” 15-aprel, shanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, doʻl yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 21-23° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 27-32° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Fargʻona viloyatida baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 22-27° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring