Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 11-dekabr kuni qor yogʻadi
“Oʻzgidromet” 11-dekabr, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunduzi baʼzi joylarda qor yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 1-6° iliq boʻladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda эсади. Ҳарорат kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda kuchli qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring