Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi

08:05 28 Oktyabr 2024 Jamiyat
695 0

Foto: “Дунё”

Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqdaDunyoaxborot agentligi xabar berdi.

Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020−2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan. Pashtu-dari va ingliz tillarini biladi.

Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

Qobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012-yillarda esa Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

Oybek Usmonov 2012-2024-yillarda Kobulda elchi boʻlib ishlagan Yodgorxoʻja Shodmanov oʻrniga tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?