Oʻzbekistonning 32 ta meros obyekti Jahon merosi roʻyxatiga taklif qilindi

Oʻzbekiston delegatsiyasi 16–31-iyul kunlari UNESCO Jahon merosi qoʻmitasining 44-sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 16–31-iyul kunlari Jahon merosi qoʻmitasining kengaytirilgan 44-sessiyasi boʻlib oʻtgan va unda bosh vazir oʻrinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etgan. Tadbir Xitoyning Fuchjou shahrida “gibrid” rejimda boʻlib oʻtgan.
Unda aytilishicha, Oʻzbekistonning Jahon merosi roʻyxatiga kiritish uchun taklif qilgan obyektlari boʻyicha yangilangan roʻyxat tasdiqlangan. Dastlabki roʻyxat respublika boʻylab joylashgan 32 ta madaniy, tabiiy va madaniy-tabiiy meros obyektini oʻz ichiga olgan, bu mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
Qayd etilishicha, delegatsiya Butunjahon madaniy merosi obyektlari hisoblangan “Shahrisabzning tarixiy markazi”, “Samarqand — madaniyatlar chorrahasi”, “Buxoroning tarixiy markazi” va Xivadagi Ichan qalʼa, shuningdek, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston ishtirokidagi koʻp millatli tabiiy meros obyekti “Gʻarbiy Tyan-Shan” boʻyicha Oʻzbekiston uchun ijobiy qarorlar qabul qilinishini taʼminlagan.
Taʼkidlanishicha, UNESCO 2020-yilning aksar qismi qatʼiy karantin cheklovlari sharoitida oʻtgani sababli Oʻzbekiston vazifalarni amalga oshirishi uchun vaqt talab etishini hisobga olib, “Shahrisabz tarixiy markazi” obyektini tiklash ishlari ijrosi muddatini yana bir yilga uzaytirgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buxorodagi tarixiy obidalar Islom olami merosi roʻyxatiga kiritilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Qoraqalpogʻistonning tarixiy yodgorliklarini UNESCO roʻyxatiga kiritish uchun tadqiqot boshlangani va Fransiyadagi muzeyda Oʻzbekistonning madaniy merosiga bagʻishlangan koʻrgazma oʻtkazilishi maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring