Oʻzbekistonlik taniqli futbolchi Toʻlagan Isoqov vafot etdi
Oʻzbekistonlik taniqli sobiq futbolchi va murabbiy Toʻlagan Isoqov vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, OʻFA Faxriylar kengashi raisi, OʻFA Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Murabbiylar kengashi aʼzosi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” Toʻlagan Isoqovning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi OʻFAning rasmiy sahifasida.
Oʻzbek futboliing jonkuyar fidoyisi Toʻlagan Isoqov oʻz umrini futbolga bagʻishlagan. U futbolchi sifatida “Paxtakor” jamoasi sharafini 13 mavsum davomida munosib himoya qilgan, 252 oʻyinda maydonga tushib, 52 gol kiritishga muvaffaq boʻlgan.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring