Oʻzbekistonlik polvonlar jahon chempionatida 31 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Shu yil 4-7-sentyabr kunlari Tataristonning (Rossiya) Mamadish shahrida belbogʻli kurash (borba na poyasax) boʻyicha 2004-2006-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Unda bosh murabbiy Bekbergan Boltayev boshchiligidagi 34 nafar polvonimiz 8ta oltin, 7ta kumush va 16ta bronza medallariga ega chiqishib, umumjamoa hisobida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Chempionlarimiz sharafiga jahon arenasida madhiyamiz sakkiz bora baralla yangrab, Vatanimiz bayrogʻi baland koʻtarildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlash joiz, belbogʻli kurash boʻyicha yana bir terma jamoamiz uch kun avval Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan ilk MDH oʻyinlarida ishtirok etib, 7ta oltin, 3ta kumush va bitta bronza medallarini jamgʻargan holda umumjamoa hisobida birinchi boʻlishgan edi.
Quyida Jahon chempionatida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-45 kg: Habibjon Abdurashidov (Toshkent sh.),
-65 kg: Bek Komilov (Andijon),
-71 kg: Samandar Anvarov (Fargʻona),
-77 kg: Faryozbek Komilov (Andijon),
-44 kg: Feruza Sobirova (Namangan),
-52 kg: Dildora Isroiljonova (Namangan),
-63 kg: Sevara Shajenova (Qoraqalpogʻiston Respublikasi),
+70 kg: Shirinoy Yuldasheva (Namangan).
Kumush medal:
-45 kg: Jasurbek Nishonboyev (Andijon),
-50 kg: Abdumalik Dilshodbekov (Andijon),
-71 kg: Mirzajon Mirzajonov (Namangan),
-77 kg: Samandar Abdusalomov (Namangan),
-95 kg: Ilyosbek Mirzaxmatov (Namangan),
-44 kg: Mehribonu Egamova (Andijon),
-57 kg: Zaxroxon Mahmudova (Fargʻona).
Bronza medal:
-50 kg: Jumaboy Amirov (Navoiy),
-55 kg: Akbarjon Ubaydullayev (Fargʻona),
-55 kg: Asadbek Jalilov (Fargʻona),
-60 kg: Odiljon Pazliddinov (Namangan),
-60 kg: Diyorbek Polvonboyev (Fargʻona),
-85 kg: Imomali Tolibov (Fargʻona),
-95 kg: Anvarjon Xoʻjamurodov (Namangan),
+95 kg: Jamshid Ubaydullayev (Toshkent sh.),
-48 kg: Albina Allambergenova (Qoraqalpogʻiston Respublikasi),
-48 kg: Musharrafxon Murodaliyeva (Fargʻona),
-52 kg: Yasmina Sodiqova (Namangan),
-57 kg: Gulbahor Mirodilova (Fargʻona),
-63 kg: Mohinur Rahmonova (Xorazm),
-70 kg: Madinabonu Qahramonova (Andijon),
-70 kg: Lazzat Tolepbergenova (Qoraqalpogʻiston Respublikasi),
+70 kg: Oʻgʻiloy Salimova (Fargʻona).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring