Oʻzbekistonga Paypal, Apple Pay va Google Pay toʻlov tizimlari kirib keladi
Oʻzbekistonda Paypal, Apple Pay va Google Pay yil oxirigacha ishga tushishi kerak. Bu haqda Hukumatning 26-sentyabr kuni qabul qilingan, turizmni rivojlantirishga oid qarorida keltirilgan.
Qarorga koʻra, 2024-yil yakuniga qadar Markaziy bankka Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro onlayn toʻlov kompaniyalari (Paypal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabi) bilan muzokara oʻtkazib ushbu vositalarni Oʻzbekistondagi toʻlov tizimlari va bank xizmatlariga ulashni yoʻlga qoʻyish topshirilgan.

Shuningdek, zarur hollarda, bu uchun Hukumatga milliy qonunchilik talablarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish ham mumkin.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Paypalʻga ulanmagan Markaziy Osiyodagi yagona davlat hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring