Oʻzbekistondagi qurilishlarning 97 foizini nodavlat tashkilotlar bajaradi
2025-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 183 trillion soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97,1 foizni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 5,5 trillion soʻm qurilish ishlari bajarilib, jamiga nisbatan 2,9 foiz ulushni tashkil etgan.
Ushbu koʻrsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha taqsimlangan (yanvar—avgust):
Nodavlat tashkilotlari:
- 2021-yil — 63,5 trillion soʻm;
- 2022-yil — 79,1 trillion soʻm;
- 2023-yil — 93,2 trillion soʻm;
- 2024-yil — 155,9 trillion soʻm;
- 2025-yil — 183 trillion soʻm.
Davlat tashkilotlari:
- 2021-yil — 3,4 trillion soʻm;
- 2022-yil — 2,3 trillion soʻm;
- 2023-yil — 1,7 trillion soʻm;
- 2024-yil — 3,6 trillion soʻm;
- 2025-yil — 5,5 trillion soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring