Oʻzbekistondagi ikki kanal Xalqaro irrigatsiya merosi deb eʼtirof etildi

Suv xoʻjaligi vazirligining axborot xizmati xabar berishicha, 2025-yil uchun “WHIS Award” (Butunjahon irrigatsiya merosi) mukofotiga Oʻzbekistondagi “Doʻstlik” va “Eski Tuyatortar” kanallari loyiq deb topildi. Ushbu mukofot 100-yildan ziyod vaqtdan beri foydalanilayotgan va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan irrigatsiya inshootlariga Xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasi tomonidan beriladi.
“Doʻstlik” kanali 1907-1913-yillarda qurilgan, yaʼni Sirdaryo daryosi havzasida 100-yildan oshiqroq vaqtdan buyon barqaror ishlab kelyapti. U Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududi orqali oʻtuvchi yirik transchegaraviy magistral kanalidir.
— “Doʻstlik” kanalining umumiy uzunligi 117 kilometr, — deydi Guliston suv inshootlari va “Doʻstlik” boshqarmasi bosh muhandisi Abdukarim Azimov. — Uning suv oʻtkazish qobiliyati 230 metr kubni tashkil etadi.
Yurtimizdagi Xalqaro irrigatsiya merosi deb eʼtirof etilgan “Eski Tuyatortar” kanali ham Zarafshon daryosidagi koʻp asrlik gidrotexnik obida hisoblanadi. Bu ikki kanal Markaziy Osiyodan mazkur xalqaro reyestrga kiritilgan birinchi inshootlar boʻldi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring