Oʻzbekistondagi 108 ta madaniy meros obyektida 146 ta noqonuniy bino qurilgani aniqlandi

17:39 24 May 2022 Jamiyat
751 0

Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Bosh prokuratura va uning idoralari tomonidan madaniy meros obyektlari muhofazasiga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, qonunchilik talablariga zid ravishda yer maydonidan foydalanish va reklama eʼlonlarini oʻrnatishning oldini olish choralari koʻrilmoqda.

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Prokuratura idoralari bilan birgalikda oʻtkazilgan tekshirishda respublika boʻyicha 108 ta madaniy meros obyektida 146 ta noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlangan.

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Agentlik axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova maʼlum qildi.

Oʻrganishlar natijasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ham axborot taqdim etildi. Unga koʻra:

— madaniy meros obyektlari hududida qurilgan 7 ta noqonuniy qurilmaning buzilishi taʼminlandi;

— madaniy merosning 71 ta obyektida qurilgan 76 ta noqonuniy qurilmani buzdirish yuzasidan yozma koʻrsatma berildi;

— madaniy meros obyektidagi 63 ta noqonuniy qurilmani buzdirish yuzasidan sudlarga daʼvo arizalari kiritildi; 

— madaniy meros obyektida noqonuniy qurilma (bino) qurgan 26 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер