Oʻzbekistonda sabzi narxi bahorgacha oʻzgarmaydi

09:32 10 Noyabr 2021 Jamiyat
2006 0

Oʻzbekistonda noyabr oyidagi sabzining narxini 2021-yil iyun oyi bilan taqqoslaganda 4-5 barobargacha tushgan. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning prognozlariga koʻra, 2022-yil bahorida kutiladigan yangi hosilga qadar sabzining narxi shu darajada saqlanib qoladi.

Maʼlum qilinishicha, 20-iyun holatiga koʻra, 1 kg sabzining oʻrtacha chakana narxi 6-10 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda (2021-yil oktyabr-noyabr) 2 ming soʻmgacha tushdi, dalaning oʻzidagi oʻrtacha xarid narxi esa 1 kg sabzi uchun 1-1,5 ming soʻm atrofida.

Joriy yil barcha toifa xoʻjaliklarida sabzi jami 124,4 ming gektar (oʻtgan yilga qaraganda, 18,2 ming gektarga koʻp) maydonda ekildi. 2021-yilda yetishtirilgan 2 mln tonnadan ortiq hosildan (oʻrim-yigʻim ishlari davom etyapti) asosiy qismi ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер