Oʻzbekistonda qaysi xizmat turlari eng tez oʻsayotgani aytildi

13:05 01 Yanvar 2026 Iqtisodiyot
464 0

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln soʻmni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Xizmat turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari quyidagicha taqsimlangan:

  • Moliyaviy xizmatlar — 123,7 foiz;
  • Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,6 foiz;
  • Ijara xizmatlari — 119 foiz;
  • Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;
  • Meʼmorchilik, muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,2 foiz;
  • Transport xizmatlari — 112,9 foiz;
  • Savdo xizmatlari — 113,3 foiz;
  • Boshqa xizmatlar — 113,1 foiz;
  • Kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 112,8 foiz;
  • Shaxsiy xizmatlar — 112 foiz;
  • Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 111,7 foiz;
  • Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 109,3 foiz;
  • Taʼlim sohasidagi xizmatlar — 108,8 foiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?