Oʻzbekistonda “propiska” boʻyicha yangi tartib belgilandi
Foto: “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 10-iyul kuni “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonunga koʻra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazishi kerak.
Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazish masʼul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari Oʻzbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi shart.
Oʻzbekiston fuqarolarini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:
- ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida;
- davlat xizmatlari markazlarida;
- YAIDXP (my.gov.uz) orqali.
Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring