Oʻzbekistonda pensiya yoshi oshirilishi mumkin
Oʻzbekistonda minimal pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Spot.uz Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori Murodbek Atadjanovga tayanib xabar berdi.
Loyihaga koʻra, pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshirilishi kutilmoqda: erkaklar uchun 60 yoshdan 63 yoshgacha, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshgacha. Har yili pensiya yoshi yarim yildan oshirilib borishi mumkin.
Atadjanovning aytishicha, koʻpgina davlatlarda minimal pensiya yoshi 65 yoshdan yuqori. Oʻzbekiston esa 1993-yilda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinganidan beri pensiya yoshi oʻzgarmagan kam sonli mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, mamlakatda umr koʻrish davomiyligi oʻsmoqda va hozirda 75 yoshga yetgani qayd etildi.
Qayd etilishicha, pensiya yoshini oshirish boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Bu borada maxsus platforma ishga tushirilib, unda aholi oʻz taklif va fikrlarini bildirishi mumkin boʻladi.
Tushgan takliflar oʻrganilgandan soʻng, masala yana muhokama qilinib, pensiya islohoti loyihasiga oʻzgartirishlar kiritilishi koʻzda tutilgan.
Atadjanovning taʼkidlashicha, yana bir variant ham koʻrib chiqilmoqda: pensiya yoshini har yili yarim yil emas, balki 3 oydan oshirib borish. Bu holda pensiya yoshi 4 yilda 1 yilga oshadi va butun jarayon 12 yilgacha choʻzilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring