Oʻzbekistonda notarial xizmatlarda pasport talab qilinishi bekor qilinadi
Oʻzbekistonda notarial harakatlar amalga oshirilganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning originalini taqdim etish talabi bekor qilinadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev adliya tizimida davlat xizmatlari koʻlamni kengaytirish choralariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Maʼlum qilinishicha, hozirda notariuslar aholiga 80 dan ortiq xizmat koʻrsatmoqda, ammo ularning onlayn koʻrinishdagi ulushi juda kam — bor-yoʻgʻi 11 foiz. Prezident fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish zarurligini taʼkidladi.
Shu asosda 2025–2027-yillarda bosqichma-bosqich 20 turdagi notarial harakatlar onlayn tarzda rasmiylashtiriladi. Shuningdek, notarial xizmatlarda shaxsni tasdiqlash uchun pasportning oʻzi talab etilmaydi — identifikatsiya Face-ID orqali amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring