“Oʻzbekistonda munosib mehnatni ilgari surish: insonga yoʻnaltirilgan yondashuv” mavzuidagi xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti hamkorligida bu kabi xalqaro tadbirlarning oʻtkazilishi anʼanaga aylanib bormoqda.
“Oʻzbekistonda munosib mehnatni ilgari surish: insonga yoʻnaltirilgan yondashuv” mavzuidagi xalqaro konferensiyasi mehnat munosabatlarini, birinchi navbatda, munosib mehnat tamoyillarini takomillashtirish jarayonlarida xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlarini birlashtirishda yangi taklif va gʻoyalarni ishlab chiqishda salmoqli hissa qoʻshmoqda.
Yuqori darajada oʻtkazilayotgan ushbu xalqaro tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi raisi T.Norboyeva, Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori G.Rayder, uning oʻrinbosari X.Koller, BMT, YETTB, Yevropa ittifoqi va qator xalqaro tashkilotlardan 100 ga yaqin mutaxassislar va ekspertlar, xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek Oliy Majlis palatalari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiyada soʻzga chiqqan Senat Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi raisi T.Narbayeva quyidagilarni taʼkidlab oʻtdi:
"Mana necha yildirki, jahon hamjamiyati Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatmoqda. Oʻzbekiston 2017 — 2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish boʻyicha strategiyani amalga oshirish doirasida salmoqli natijalarga erishdi.
Gʻurur bilan aytishimiz mumkinki, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilishga qaratilgan 300 ga yaqin qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.
Xalqaro konferensiya davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring