Oʻzbekistonda koronavirus: Ilk bemor aniqlandi!
Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Bemor Fransiyadan kelgan.
Oʻzbekistonda koronavirus bilan zararlangan ilk bemor aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi maʼlumot berdi.
“Joriy yilning 15-mart kuni soat 06:00da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida boʻlib qaytgan 1 nafar Oʻzbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar toʻliq amalga oshirilmoqda”, deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xabarida.
Ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishi maʼlum qilingan.
15-mart holatiga koʻra, butun dunyoda jami 156 738 kishida koronavirus aniqlangan, hozirgacha ularning 75 935 nafari sogʻayib ketgan, 5839 kishi vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring