Oʻzbekistonda koʻproq pensiya olish uchun nimalar qilish kerak?
Pensiya jamgʻarmasi fuqarolarga pensiyani rejalashtirish boʻyicha tavsiyalar berdi.
Jamgʻarma hozirda aksariyat odamlar oʻz kelajagiga eʼtiborsiz qarab, pensiya yoshiga yetganda afsuslanib qolayotganini maʼlum qildi. Buning asosiy sababi ish stajini yetishmasligi, oylik maosh miqdorining kamligi bilan izohlanadi.
Jamgʻarma fuqarolar oʻzi uchun qulay va moliyaviy barqaror keksalikni taʼminlashda imkon qadar erta harakat boshlash lozimligini eslatdi.
“Pensiyani rejalashtirish moliyaviy rejalashtirishning asosiy jihati hisoblanadi. Bu fuqarolarga nafaqat keksalikda moliyaviy yordam beradi, balki kelajakka ishonch bagʻishlaydi”, deyiladi manba izohida.
Jamgʻarmaga koʻra, pensiyani samarali rejalashtirishning bir qator usullari mavjud.
Birinchidan, fuqarolar doimiy ish stajiga ega boʻlish uchun rasmiy daromad keltiradigan korxona, tashkilot yoki muassasalarida mehnat shartnomasiga asosan faoliyat yuritishi kerak.
Ikkinchidan, norasmiy ravishda mehnat faoliyati yuritayotgan fuqarolar oʻzini oʻzi band qilgan holda muntazam ravishda ijtimoiy soliqlarni toʻlash orqali ish stajiga ega boʻlib borishi lozim.
Uchinchidan, pensiya qonunchiligiga oid maʼlumotlar bilan muntazam ravishda xabardor boʻlish zarur.
Toʻrtinchidan, rasmiy olayotgan ish haqiga eʼtibor qaratish kerak. Bunda, pensiya yoshiga yetgunga qadar oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyatidagi oylik ish haqlaridan pensiya hisoblanishini inobatga olish muhim.
Beshinchidan, fuqarolar ish beruvchilaridan oʻz ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini raqamlashtirishni talab qilishlari, mehnat faoliyati yuritmayotgan fuqarolar esa Bandlik boʻlimlariga mehnat daftarchalaridagi maʼlumotlarini raqamlashtirishni soʻrab murojaat qilishlari lozim. Shunda oʻz maʼlumotlarini One-ID orqali koʻrish mumkin boʻladi.
Jamgʻarma fuqarolar shunday tartibda mehnat faoliyatini olib borsa, ular pensiya yoshiga yetganda, qilgan mehnati evaziga davlat tomonidan moliyaviy taʼminot kafolatlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring