Oʻzbekistonda xalqaro anʼanaviy tasviriy va amaliy sanʼat festivali boshlandi
Foto: Davronbek Ernazarov, Yunus Bo‘riyev/ «Xalq so‘zi»
2025-yil 21−25-aprel kunlari Oʻzbekistonda anʼanaviy tasviriy va amaliy sanʼatga bagʻishlangan xalqaro festival boʻlib oʻtmoqda. “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Festival arafasida, 15-aprel kuni Badiiy akademiyada matbuot anjumani oʻtkazilib, unda festival dasturi va asosiy yoʻnalishlari taqdim etildi. Tashkilotchilar festivalning asosiy maqsadi madaniy merosni asrab-avaylash va targʻib qilish, yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash, ijodiy almashinuvni rivojlantirish hamda sanʼat sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash ekanini alohida taʼkidladilar.

Festival tadbirlari Toshkent shahri, viloyatlar markazlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi koʻrgazma maydonlarida boʻlib oʻtadi. Dasturga oliy taʼlim muassasalari, kollejlar va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari talabalari tomonidan tayyorlangan koʻrgazmalar, mahorat saboqlari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, modalar namoyishi, ilmiy anjumanlar va ijodiy taqdimotlar kiritilgan.

Festivalning eng muhim tadbirlaridan biri — “Turk dunyosi rassomlari ayollari” nomli xalqaro koʻrgazma boʻlib, unda TURKSOYga aʼzo mamlakatlardan 21 nafar rassomning ijodiy ishlari namoyish etiladi. Shuningdek, Kyomyung universiteti (Janubiy Koreya) Tasviriy sanʼat fakulteti professorlari koʻrgazmasi ham festival doirasida tashrif buyuruvchilar eʼtiboriga havola etiladi.

Anʼanaga muvofiq, “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy sanʼati tanlovi gʻoliblari taqdirlanadi. Shuningdek, xorijiy mehmonlar uchun mamlakatimizning boy madaniy merosi va tarixiy obidalarini yaqindan tanishtirish maqsadida Samarqand shahriga bir kunlik ekskursiya tashkil etiladi.











































Foto: Davronbek Ernazarov, Yunus Bo‘riyev/ «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring