Oʻzbekistonda IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish qimmatlashgani rostmi?
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish narxi 30–40 dollardan 100–400 dollargacha koʻtarilgani haqidagi xabarlarga Bojxona qoʻmitasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, IMEI-kodlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizini (75 ming soʻm) tashkil etadi. Ushbu toʻlov miqdorida hech qanday oʻzgarish boʻlmagan.
Maʼlumotlarga koʻra, bunday mish-mishlarni noqonuniy yoʻllar bilan mobil qurilmalarni davlat hududiga olib kirayotgan shaxslar tarqatayotgan boʻlishi mumkin. Ular telefonlarning yuqori narxini UzIMEI tizimi bilan oqlashga urinishmoqda.
“Eslab qoling, agar siz sotib olayotgan telefon mamlakatga qonuniy olib kirilgan boʻlsa, u holda undagi SIM-kartalar soni yoki elektron SIM-karta mavjudligidan qatʼi nazar, IMEI-kodlari importyor tomonidan allaqachon roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻladi”, — deyiladi Bojxona qoʻmitasi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilda Oʻzbekistonga qiymati 188 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1 million 813 mingdan ortiq telefonlar rasmiy ravishda olib kirilgan. Shu bilan birga, noqonuniy olib kirish holatlari ham uchramoqda. Joriy yilning shu kungacha boʻlgan davrida bojxona organlari tomonidan qiymati 16,4 milliard soʻmga teng boʻlgan 44 mingdan ortiq telefonlarning noqonuniy olib kirilishi oldi olingan.
Taʼkidlash joiz, telefon noqonuniy olib kelingan yoki deklaratsiya qilinmagan boʻlsa, uning IMEI-kodini roʻyxatdan oʻtkazishda qurilmaning bojxona qiymatidan 30% miqdorida yagona bojxona toʻlovi undiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring