Oʻzbekistonda harorat pasayishi, chang-toʻzon kuzatilishi kutilmoqda

15:10 15 Avgust 2025 Jamiyat
136 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Joriy yilning 17-avgust kuni Oʻzbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Agentlik xabariga koʻra, 15-16-avgust kunlari mamlakat hududi boʻyicha asosan kam bulutli va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda 16-avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati 15-16-avgust kunlari asosan 30-35 daraja, janubda 38 darajagacha boʻladi.

Yakshanba, 17-avgust kuni Oʻzbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi, havo harorati 2-3 darajaga pasayishi kutilmoqda. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida 17-avgust kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 15-16-avgust kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yakshanba kuni havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 19-21 daraja, kunduz kunlari 15-16-avgustda 32-35 daraja, 17-avgustda 28-30 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер