Oʻzbekistonda harorat -13 darajagacha pasayishi kutilmoqda
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Prognozlarga koʻra, 26-yanvarda Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi.
27-28-yanvar kunlari Rossiya hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi) boʻladi. 29-30-yanvar kunlari esa havo massalari sharqqa tomon siljiydi, respublikaning markaziy va sharqiy hududlari boʻyicha baʼzi joylarda bir oz qor yogʻishi mumkin.
Ushbu kunlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 26-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati kunduzi 7-9 daraja iliqni tashkil etadi. 27-yanvar kuni kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin. 28-29-yanvarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. 29-yanvarga kelib harorat kechalari 1-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-2 daraja iliqqacha pasayadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring