Oʻzbekistonda Alisher Navoiy ordeni taʼsis etiladi
Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, 2021-yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi keng nishonlanadi.
Qarorga koʻra:
Alisher Navoiy hayoti va ijodini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etiladi;
Alisher Navoiyning ijodiy merosini chuqur oʻrganish va ommalashtirishga ulkan hissa qoʻshgan mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordeni taʼsis etiladi;
xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Alisher Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qoʻlyozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralari koʻriladi;
Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilinadi;
2021-yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy asarlari hamda navoiyshunoslik fani boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning elektron platformasi yaratiladi;
2021-yilda Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi;
2021-yil noyabr oyining birinchi oʻn kunligida Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring