Oʻzbekistonda aliment toʻlovlari oshadi
Oʻzbekistonda aliment toʻlovlari oshadi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining boʻlim katta inspektori Hakimjon Ikromovga tayanib, OʻzA maʼlum qildi.
Unga koʻra, aliment undiruvi 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga, 1-oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-oktyabrdan ishsiz aliment toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan aliment miqdori ham oʻrtacha 10 foizga oshadi.
Maʼlumot uchun, agar aliment toʻlovchi shaxs ishlamaydigan boʻlsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring