Oʻzbekistonda 110 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomidan mahrum etildi

12:39 05 Avgust 2024 Jamiyat
639 0

Oʻzbekistonda 2023-yil yakunlari boʻyicha auditorlik xulosasini topshirmagan 110 ta IT Park rezident aniqlandi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, IT Park rezidenti maqomi kompaniyalarga nafaqat Oʻzbekistonda, balki xalqaro maydonda ham rivojlanish uchun koʻplab imkoniyatlar yaratib, soliq imtiyozlari, Zero Risk, Local2Global va boshqa maxsus qoʻllab-quvvatlash dasturlari koʻrinishidagi davlat tomonidan koʻrsatiladigan yordamni kafolatlaydi. Rezident kompaniyalar esa oʻz faoliyatini xolisona amalga oshirishi va Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan qoidalarga rioya qilishi lozim.

Hukumat qarori va IT Park rezidentining faoliyat shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq bir qator majburiy shartlar belgilangan:

  • roʻyxatga muvofiq biznes-rejada koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish;
  • har yili moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini auditdan oʻtkazish, auditorlik xulosasining nusxasini IT Parkʻka yuborish va boshqalar.

IT Park rezidentlariga qoʻyiladigan talablar mamlakat hamda kompaniyalarning innovatsion va texnologik taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan raqobatbardosh muhitni saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan majburiyatlar va talablarning bajarilishi yuzasidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, 2023-yil yakunlari boʻyicha auditorlik xulosasini topshirmagan 110 ta rezident aniqlangan. Mazkur kompaniyalar IT Park oldidagi majburiyatlarini bajarmagan, shu munosabat bilan ular barcha soliq imtiyozlari va preferensiyalarini bekor qilgan holda rezident maqomidan mahrum etilgan.

Ushbu rezidentlarning roʻyxati Soliq qoʻmitasiga yuborilgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?