Oʻzbekiston yarim yilda 9,4 mln dollarlik muzqaymoq xarid qildi

Illyustrativ foto
Oʻzbekiston 6 oyda 9,4 million dollarlik muzqaymoq import qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2025-yilning yanvar iyun oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 440 tonnaga yuqoridir.
Rossiya eng yirik yetkazib beruvchi boʻlib, yarim yilda 828 tonna mahsulot eksport qilgan. Shu bilan birga, import hajmining oʻsishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ichki bozorda raqobatni kuchaytiradi.
2025-yilning 6 oyida Oʻzbekistonga eng koʻp muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 828 tonna;
Qozogʻiston – 648 tonna;
Xitoy – 187 tonna;
Belarus R. – 73 tonna;
Fransiya – 33 tonna;
Boshqa davlatlar – 55 tonna.
Avvalroq isteʼmolchilarga sifatsiz muzqaymoq sotgan kompaniya 64 million soʻm mablagʻni qaytargani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring